“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida “Real”ga qarshi kechadigan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Opta

Madriddagi uchrashuvda “shaharliklar” 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

“Biz birinchi o‘yinda yaxshi natijani qo‘lga kiritganmiz. Agar “Manchester Siti” ushbu natijaga qarab qoladigan bo‘lsa, keyingi bosqichga chiqishimiz qiyin bo‘lib qoladi. Bor e’tiborni jamlagan holda 95-daqiqagacha yetib borishimiz kerak.

O‘zimizda bor ustunlik haqida u qadar ko‘p o‘ylamasligimiz kerak. Bu qanday ustunlik ekanini bilamiz. Bunday buyuk klublar qarama qarshilik taqdirini o‘zgartirib yuborishga qodir, xuddi “Barselona” va “Bavariya” singari. “Real” Chempionlar Ligasiga ko‘nikib qolgan va bu yerda qanday o‘ynash kerakligini biladi”, — deydi Gvardiola.

“Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi o‘yin 7-avgust kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!