“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
23:42, 01.08.2020 30628

Toshkentda 193 kishida koronavirus qayd etildi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlar soni 24 783 kishiga yetdi

O‘zbekistonda 1-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 214 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 193 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
  • 21 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24 783 nafarga yetdi. Ulardan 15 299 kishi koronavirusdan sog‘ayishga ulgurdi.

“Hozirda mamlakatimizda 9337 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobi bo‘yicha koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 147 nafarga, “Daryo” hisob-kitobi bo‘yicha esa 155 nafarga yetdi.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ

Boshqa yangiliklar