Samsung kompaniyasi Galaxy Note 20 lineynasi va yangi simsiz naushniklar namoyish etiladigan Galaxy Unpacked 2020 tadbirini kutib o‘tirmasdan, o‘zining yangilangan Galaxy Z Flip 5G modelini taqdim etdi, deb xabar beradi Gsmarena.

Foto: Gsmarena

Unda bahorgi modellardan ajralib turagidan ikkita jihat mavjud — yangi Qualcomm Snapdragon 865+ protsessori va sharnir atrofiga 0,1 millimetr qalinlik qo‘shilgan. Yangi protsessorning o‘rnatilishi model narxining 70 dollarga qimmatlashishiga olib kelgan.

Samsung Galaxy Z Flip 5G’ning texnik tavsifi:

  • o‘lchamlari: 167,1x74,7x6,9 millimetr (ochilganida), 87,4x73,4x15,2 millimetr (yopilganida), og‘irligi 183 gramm;
  • displey: 2636x1080 pikselga ega 6,7 dyuymli egiluvchan AMOLED (asosiy), 300x112 pikselli 1,1 dyuymli AMOLED (qo‘shimcha);
  • protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 865+;
  • kamera: 12 Mp, f/1.8 (asosiy), 12 Mp, f/2.2 (ultra-keng burchakli); 10 Mp, f/2.4 (frontal);
  • xotira: 8 gigabayt tezkor, 256 gigabayt ichki;
  • batareya: 3300 mA/soat, Qi simsiz quvvatlantirgich;
  • operatsion tizim: Android 10, One UI 2.5;
  • aloqa: USB Type-C, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac/ax (Wi-Fi 6), 5G, Bluetooth 5.0, NFC;
  • Korpus rangi: Mystic Gray va Mystic Bronze.

Orinal Z Flip modeli 1380 dollardan sotuvga chiqqan. 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Z Flip esa AQShda 1450 dollardan sotiladi.