Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida 28 yoshli A.G. antiqa jinoyatni sodir etdi va qamoqqa tushdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Departament xabariga ko‘ra, 2020-yil 14-iyul kuni tungi soat 01:30 da 28 yoshli A.G. Quyi Chirchiq tumani “Beshkent” MFY da yashovchi 33 yoshli A.K.ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. U hovlida turgan “VAZ-2106” mashinasini o‘t oldirib, ko‘chaga olib chiqqan va “Ko‘ksaroy” mahallasi tomon harakatlangan. Biroq mashina texnik jihatdan nosoz bo‘lib buzilib qolgani oqibatida “VAZ-2106”ni yo‘l chetida qoldirib, chap old eshigi oynalarini sindirib hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Quyi Chirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

A.G. ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Avval 14-iyunda Farg‘onada “moyka”dan o‘zganing Nexia mashinasini minib qochgan shaxs ushlangani, may oyida esa Namanganda mast holda “Moskvich” olib qochgan fuqaro YTHga uchragani haqida xabarlar berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi