Daryo

Farg‘onada “moyka”dan o‘zganing Nexia mashinasini minib qochgan shaxs ushlandi

Oltiariq tumanidan minib qochilgan mashina Farg‘ona shahrida topilgan

1 daqiqa o‘qish51 419 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

11-iyun kuni Oltiariq tumanida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasidan Nexia-3 rusumli mashinani minib qochgan fuqaro ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli S.K. Oltiariq tumani IIBga qo‘ng‘iroq qilib, “Sharq” MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasiga soat 14:00 larda o‘ziga tegishli Nexia-3 mashinasini qoldirib ketgani, biroq soat 15:30 da qaytib kelganida mashinani topa olmaganini bildirgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida S.K.ga tegishli Nexia-3 Farg‘ona shahar “Al-Xorazmiy” MFY hududidan topilib, avtomashinani 38 yoshli O.F. olib qochganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (“Transport vositasini olib qochish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida O.F. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar