Futbol bo‘yicha Belarus Oliy Ligasining 17-turida Soligorskning “Shaxtyor” klubi 11-iyul, shanba kuni “Gorodeya”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limida maydon egalari raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi. Ikkinchi bo‘lim deyutida “Gorodeya” Sergey Arxipovning golidan so‘ng hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan maydonga tushgan o‘zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyev 82-daqiqada uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, jamoasining to‘rtinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa Jasur yangi jamoasidagi debyut o‘yinida gol urishga erishdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng “Shaxtyor” ochkolarini 33 taga yetkazib oldi va peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Belarus Oliy Ligasi

17-tur bahsi

11-iyul, shanba

“Shaxtyor Soligorsk” — “Gorodeya” 4:1

Gollar: 1:0 – 7 Antich, 2:0 – 38 Arxipov, 3:0 – 40 Ivanovich, 3:1 – 50 S. Arxipov, 4:1 – 82 Yaxshiboyev.

“Shaxtyor Soligorsk”: Gutor, Antich, Sachivko, Xadarkevich, Vukmanich, Podstrelov, Szoke, Selyava, Ivanovich (Yaxshiboyev, 46), Arxipov, Lisakovich (Bodul, 79).

“Gorodeya”: Dovgyallo, Yoksimovich, Shestilovskiy, Poznyak, Baglay (Pashevich, 81), Saichich, Volovik, Volovich, Shibun, S. Arxipov, Bayduk.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!