Germaniyaning Transfermarkt portali XXI asrda transferlarga eng ko‘p mablag‘ sarflagan klublar reytingini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, 2000-yildan shu davrga qadar transferlarga jami 2 milliard 160 million yevro sarflagan Londonning “Chelsi” klubi ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda “Real Madrid” qayd etilgan bo‘lib, madridliklar bu davr mobaynida 2,13 milliard yevro ishlatgan. Kuchli uchlikni “Barselona” (2,12) yakunlab bergan.

Yaqinda o‘z safini Leroy Sane bilan to‘ldirgan “Bavariya” esa milliard yevrolik dovonni zabt etgan va ro‘yxatda 16-o‘rinda bormoqda.

XXI asrda transferlarga eng ko‘p mablag‘ sarflagan top-10 klublar:

1. “Chelsi” — 2,16 milliard yevro (161 ta xarid)

2. “Real Madrid” — 2,13 mlrd yevro (103)

3. “Barselona” — 2,12 mlrd yevro (106)

4. “Manchester Siti” — 2,05 mlrd yevro (183)

5. “Yuventus” — 1,98 mlrd yevro (252)

6. “Manchester Yunayted” — 1,78 mlrd yevro (98)

7. “Inter” — 1,59 mlrd yevro (276)

8. PSJ — 1,55 mlrd yevro (156)

9. “Liverpul” — 1,48 mlrd yevro (164)

10. “Atletiko” — 1,35 mlrd yevro (182)

Foto: Transfermarkt

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!