Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyati Navbahor tumanida amakisining 5 yoshli o‘gay qizini va uning onasini pichoqlagan 16 yoshli o‘smir qo‘lga olindi. Bu haqda IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 8-iyun kuni Zarafshon shahrida tug‘ilgan 16 yoshli B.Q. ota-onasi bilan birgalikda Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi bobosining uyiga mehmondorchilikka borgan. B.Q. amakisining 5 yoshli o‘gay qizi M.A.ning oshxona pichog‘i bilan bo‘yin sohasiga urib, qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng u voqeaga tasodifan guvoh bo‘lgan M.A.ning onasi (1988-yilda tug‘ilgan) M.D.ga ham qo‘lidagi pichoq bilan bir necha marotaba tan-jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Ayni payda jabrlanuvchi M.D. tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

“Oiladagi nosog‘lom muhit, ruhiyat va ongning mo‘rtligi, mehrsizlik hamda itoatsizlik qonli zo‘ravonlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ota-onaning farzand tarbiyasidagi e’tiborsizligi 5 yoshli qizaloqni qurbonga aylantirdi. Axloqiy hamda jismoniy tarbiyasizlik har qanday jinoyatning bosh omilidir. Gumonlanuvchining jazodan qochishga urinishi, qotillikda o‘zini aybdor his etmasligi uni javobgarlikdan ozod etmaydi”, —  deydi viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik I.Tillayev.

Navoiy viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida gumonlanuvchi shu kunning o‘zidayoq qo‘lga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, Monrealdagi politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi va Moskvada portlovchi moddalar ortilgan vagon halok...
Dunyo
Rossiya Ukrainaga 70 ta raketa bilan zarbalar berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi