Ispaniyada koronavirus pandemiyasi vaqtida sayohat qilish mumkin bo‘lgan “ultraxavfsiz” hudud paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Daily Mirror.

Foto: Instagram

“Himoyaga” ega kurort Tarragona port shahrida paydo bo‘lgan. U yerda “Jannat” nomli maxsus kemping qurilgan bo‘lib, uning hududida niqoblarsiz yurish va ijtimoiy masofalanishga rioya qilmagan holda dam olish mumkin.

Buning uchun ushbu hududda dam olishni istagan turistlar 100 yevro evaziga koronavirusga test topshirishi lozim. Turistlar sport maydonchasi, basseyn, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarga ega plyaj ko‘rinishidagi hududga joylashishlari mumkin.

Foto: Trillas Paradise

Foto: Trillas Paradise

Foto: Trillas Paradise

Foto: Trillas Paradise

Kempingdan 40 ta uy, 10 ta avtofurgon, shuningdek, avtouy va palatkalar o‘rin olgan. Bundan tashqari, ulkan ochiq makon mavjud bo‘lib, mehmonlar bu yerda maroqli hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratilgan.

Butunjahon turizm va sayohatlar kengashi (WTTC) mutaxassislarining iyun oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda eng xavfsiz sayyohlik yo‘nalishlari Turkiya, Bolgariya, Yamayka, Mavrikiy, Kanada, Portugaliya, Saudiya Arabistoni va Meksikada bo‘ladi.