Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirus infeksiyasi bepushtlikka olib kelishi mumkinligi haqida ishonchli dalillar yo‘q. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko “Rossiya 24” telekanali efirida ma’lum qildi.

Foto: “Izvestiya”

Foto: “Izvestiya”

“Bepushtlikka olib kelishi haqida ma’lumotlar hozircha yo‘q. Koronavirus infeksiyasiga chalinish paytida yallig‘lanish kasalliklari paydo bo‘lishi haqida alohida xabarlar paydo bo‘ldi”, — deydi Mixail Murashko.

Uning aytishicha, hozirda COVID-19’ning odam reproduktiv funksiyasiga ta’sir qilishi ehtimoli bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, ushbu tadqiqot mualliflarining ayrimlari bu boradagi materiallarini qayta ko‘rib chiqish uchun tayyorlamoqda.

Murashkoning ta’kidlashicha, reproduktolog mutaxassislar, akusher-ginekologlar va androloglar ushbu vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri, shuningdek, erkaklar ayollarga nisbatan koronavirusni og‘irroq o‘tkazayotganini bildirgan.

Iyun oyi oxirida Rossiya SSVning bolalar va o‘smirlar ginekologi bosh mutaxassisi Yelena Uvarova koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib chiqqan erkaklar bepushtlikka duch kelishi mumkinligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Anvar Alimov ham koronavirus xotin-qizlarda bepushtlik chaqirishi ehtimoli borligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Trikotaj kiyimlarga zarar yetkazmasdan qanday yuvish mumkin?
Mahalliy
Navoiyda 454 nafar fuqaroning bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Dunyo
Politico nashri Zelenskiyni eng nufuzli yevropalik, Putinni esa yilning eng omadsiz odami deb e’lon qildi