O‘zbekistonda 2020-yil 9-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 188 kishiga ko‘payib, 11 447 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarning

  • 104 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida,
  • 56 nafari Toshkent shahrida (barchasi aholi orasida),
  • 4 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida),
  • 24 nafari Qoraqalpog‘istonda (shundan 14 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, 9-iyul kuni Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, O‘zbekistonda ayni paytgacha koronavirus infeksiyasiga chalingan 7082 nafar (62 foiz) fuqaro sog‘aygan. O‘zbekistonda koronavirus asoratlari oqibatida 49 nafar bemor vafot etgan.

Hozirda mamlakatda 4316 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.