Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namanganda shifokorni urib, ko‘zini ko‘r qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tumani sudi raisi Jasurbek Qurbonov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Hodisa 2020-yil 2-yanvarda sodir bo‘lgan. Shu kuni Uchqo‘rg‘on tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi bolalar bo‘limiga ambulator murojaat qilgan bemorga zudlik bilan yordam ko‘rsatilgan. Bemor bolaning tog‘asi, “Farovon” mahallasida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan Botir Tursunov (ism-shariflar shartli) muolaja xonasi oldida janjal ko‘tarib turgan paytda tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi bolalar bo‘limi navbatchi jarrohi, 1960-yilda tug‘ilgan Olim Yo‘ldoshev uning oldiga borgan.

U Tursunovning qo‘lidan yetaklab, tinchlantirishga harakat qilib, zina oldidagi eshikka olib borgan va tashqariga chiqarib, eshikni yopgan. Vrach orqaga qaytayotgan paytda Tursunov eshikni tepib, buzib ichkariga kirgan va navbatchi jarrohning o‘ng ko‘zi sohasiga qo‘qqisdan kuchli zarba bergan. Oqibatda shifokorning ko‘zi qayta tiklanmaydigan darajada ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan.

“Hozirda 3-guruh nogironi bo‘lib qoldim. Nafaqaga chiqishimga atigi uch oy qolgandi. Bir necha marta shifoxonada yotib davolandim, Toshkentda Hindistondan shifokorlar kelib, ko‘zimda jarrohlik amaliyotini amalga oshirishdi, lekin foydasi bo‘lmadi”, — deydi jabrdiyda.

U B.Tursunovga nisbatan qonuniy jazo berilishi, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlar undirib berilishini so‘radi.

“Sud sudlanuvchi B.Tursunovga jazo turi va miqdorini tayinlashda uning aybiga to‘la iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandi borligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb, xizmat vazifasini bajarayotgan shaxsga nisbatan jinoyat sodir etganligini jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb baholadi”, — deydi Jasurbek Qurbonov.

Sudlanuvchi Botir Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b,e” bandlari (O‘z xizmat burchini bajarayotgan shaxsga nisbatan bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Undan jabrlanuvchi foydasiga moddiy zarar tariqasida 3,5 million so‘m, ma’naviy zarar tariqasida 7 million so‘m, jami 10,5 million so‘m undirilishi belgilandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hozir barcha kuchlarni aholiga gaz yetkazib berishga safarbar qilganmiz” — “Hududgazta’minot” rahbari
Salomatlik
Bayramgacha tezda vazn yo‘qotamiz: parhezshunosdan maslahatlar
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi