Futbol bo‘yicha Angliya chemionatining 33-turida “Manchester Siti” 5-iyul, yakshanba kuni “Sauthempton” bilan bahs yuritdi.

Foto: APL

Uchrashuvning 61-daqiqasida Che Adams “shaharliklar” himoyasidagi xatodan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Qolgan vaqtda darvozalar dahlsiz qoldi.

“Sauthempton” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 43 taga yetkazib oldi va 13-o‘ringa ko‘tarildi. “Manchester Siti” (66) esa 2-o‘rinda qoldi.

APL

33-tur bahsi

5-iyul, yakshanba

“Sauthempton” — “Manchester Siti” 1:0

Gol: 1:0 – 16 Adams.

“Sauthempton”: Makkarti, Bertran, Bednarek, Uoker-Piters, Stivens, Romeu, Armstrong (Smollboun, 90), Redmond, Uord-Prouz, Ingz, Adams (Long, 70).

“Manchester Siti”: Ederson, Lyaport, Erik Garsiya, Joau Kanselu, Zinchenko, Bernardu Silva, Fernandinyo, Sterling (Foden, 59), Silva, Mahrez (de Bryuyne, 59), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Romeu (45), Fernandinyo (57), Gabriel Jezus (86).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!