Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 33-turida “Barselona” 30-iyun, seshanba kuni “Atletiko”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi va hisob ham shunga yarasha bo‘ldi. 11-daqiqada madridliklar hujumchisi Diyego Kosta burchakdan uzatilgan to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay katalonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Kostaning zarbasini Mark Andre ter Shtegen bartaraf etdi, biroq darvozabon to‘pga otilish vaqtida qoida buzilgani sabab, jarima zarbasi qaytadan belgilandi. Takroriy zarbani Saul Niges aniq amalga oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida endi mehmonlar zarariga penalti belgilandi. Uni Lionel Messi golga aylantirdi. 62-daqiqada Saul yana penaltidan gol urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:2.

Yana ochko yo‘qotgan “Barselona” 70 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda va ushbu turda hali o‘z o‘yinini o‘tkazmagan “Real”dan bir ochko ortda. “Atletiko” (59) esa 3-pog‘onada bormoqda.

La Liga

33-tur bahslari

30-iyun, seshanba

“Barselona” — “Atletiko” 2:2

Gollar: 1:0 – 11, avtogol Diyego Kosta, 1:1 – 19, penalti Saul, 2:1 – 50, penalti Messi, 2:2 – 62, penalti Saul.

“Barselona”: ter Shtegen, Semedu, Pike, Langle, Alba, Rakitich (Serxi Roberto, 63), Buskets (Fati, 85), Puch, Vidal (Grizmann, 90), Suares, Messi.

“Atletiko”: Oblak, Felipe, Ximenes, Aryas, Lodi, Saul, Ferreyra Karrasko (Lemar, 85), Lyorente (Joau Feliks, 69), Tomas, Korrea (Vitolo, 84), Diyego Kosta (Morata, 76).

Ogohlantirishlar: ter Shtegen (17), Pike (18), Saul (35), Felipe (51), Messi (61), Diyego Kosta (75), Ferreyra Karrasko (80), Lemar (90).

“Malyorka” — “Selta” 5:1

Gollar: 1:0 – 13, penalti Budimir, 2:0 – 27 Ernandes, 3:0 – 40 Poso, 3:1 – 50, penalti Aspas, 4:1 – 52 Budimir, 5:1 – 60 Sevilya.

“Leganes” — “Sevilya” 0:3

Gollar: 0:1 – 23 Oliver Torres, 0:2 – 35 Oliver Torres, 0:3 – 82 Munir.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!