Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo AQSh prezidenti Donald Trampni o‘rnak ko‘rsatib, yangi kasallanish holatlarining oldini olish uchun niqob taqishga chaqirdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Oq uy rahbari omma oldida muntazam niqobda paydo bo‘ladigan AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensdan farqli ravishda, o‘z saylovoldi kampaniyasi doirasida shtatlarga va korxonalarga tashrifi vaqtida niqob taqishdan namoyishkorona bosh tortmoqda.

“Biz buni shtatimizda ikki oy avval qilganmiz”, — deb aytgan Kuomo va avvallari shifokorlar tavsiyalariga quloq solmay, niqob taqishga qarshi chiqqan boshqa shtatlar gubernatorlarining o‘zi hozirda aholidan ularni taqishni talab qilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Oq uy rasmiy vakili Keyli Makinani AQSh prezidenti niqob taqishni “har bir amerikalikning shaxsiy ishi” deb hisoblashini hamda yuqori lavozimli siyosatchilar va xorijiy yetakchilar bilan suhbatda niqobda bo‘la olmasligini aytganini bildirgan.

Bu orada Kanzas shtati gubernator Lora Kelli aholidan jamoat joylarida niqob taqishni talab qiluvchi farmoyishni imzolaishini bildirgan. 3-iyuldan kuchga kiradigan hujjatga ko‘ra, do‘konlarda hamda 6 futlik (1,83 metr) ijtimoiy masofaga rioya qilish imkoni bo‘lmagan har qanday joyda niqob taqish shart bo‘ladi.