Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi musobaqasining chorak finalida “Manchester Yunayted” 27-iyun, shanba kuni “Norvich” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar dahlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Odion Igalo “qizil iblislar”ni oldinga olib chiqdi. Biroq maydon egalari bunga 75-daqiqada Todd Kentuellning chiroyli goli bilan javob qaytardi.

Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmagach, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisi yakunlanayotgan bir vaqtda Harri Maguayr to‘p kiritgan holda, Manchester klubini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Shu tariqa “Manchester Yunayted” ilk yarim finalchiga aylandi. Chorak finalning qolgan uch o‘yini 28-iyun kuni o‘tkaziladi.

Angliya Kubogi

¼ final bahsi

27-iyun, shanba

“Norvich” — “Manchester Yunayted” 1:2

Gollar: 0:1 – 51 Igalo, 1:1 – 75 Kentuell, 1:2 – 118 Maguayr.

“Norvich”: Krul, Godfri, Kloze, Aarons, Lyuis (Ida, 118), Kentuell (Tribull, 90), Tetti, Maklin, Buendia (Duda, 90), Rupp (Ernandes, 62), Pukki (Drmich, 71).

“Manchester Yunayted”: Romero, Maguayr, Shou, Diogu Dalot (Uilyams, 63), Bayi (Marsyal, 96), Lingard (Reshford, 63), Maktominay (Matich, 78), Brunu Fernandesh, Fred (Pogba, 78), Mata (Grinvud, 63), Igalo.

Ogohlantirish: Brunu Fernandesh (109).

Chetlatish: Kloze (89).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!