Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi Kangaluli yovvoyi tabiat markazida mitti kengurularni bolalar aravachasida sayr qildirishmoqda, deb xabar berdi Esquire.

Markazning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirilgan videoda bolalar aravachasiga jonivorlar uchun sabzilar ham solib qo‘yilganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, kengurular sovqotmasligi uchun choyshablarga ham o‘rab qo‘yilgan.