Ispaniyada mebel restavratori Bartolome Estebana Muriloning xususiy kolleksionerga tegishli bo‘lgan kartinasini buzib qo‘ydi. Buyurtmachi 1,2 ming yevro evaziga suratni tozalatmoqchi edi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: The Guardian

Restavratsiya ishlari davomida usta Bibi Maryamning yuzini ikki marta chizgan. Ikkala ish ham muvaffaqiyatsiz chiqqan. Natijada kartina to‘liq buzilgan.

“Bu holat restavratsiya bilan faqat professionallar shug‘ullanishi kerakligini yana bir marta isbotlaydi”, — deydi madaniy merosni qayta tiklash va saqlab qolish maktabi professori Fernando Karrera.

Bu holatdan keyin Ispaniya restavratorlari kartinalarni qayta tiklash bo‘yicha qoidalarni qat’iylashtirish, xususan, bu ishga faqat professionallarni jalb etishga chaqirmoqda.