Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida xo‘jalik yerini 14 ming dollarga bog‘dorchilik uchun ajratib bermoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi “X.M.” fermer xo‘jaligi rahbari M.X.fuqaro I.T.ning ishonchiga kirib, unga xo‘jalikning 10 gektar ochiq yer maydonida bog‘dorchilik tashkil etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 14 ming dollar talab qilgan.

Shundan 5 ming dollar va 50 million so‘mni olib, pul olganligi haqida tilxat yozib bergan vaqtida departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.