Germaniyaning Transfermarkt portali hozirgi kunda eng qimmat narxga ega “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchilari reytingini tuzdi.
Unga ko‘ra, katalonlar hujumchisi Lionel Messi ro‘yxat yetakchiligini qo‘lga olgan. Argentinalik futbolchining ayni damdagi narxi 112 million yevroni tashkil qilmoqda.
Ikkinchi o‘rindan yaqinda PSJ bilan shartnoma imzolagan Mauro Ikardi joy olgan. “Barselona” asosiy jamoasida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan argentinalik hozirda 60 million yevro turadi. Kuchli uchlikni “Bavariya”da to‘p tepayotgan Tiago Alkantara (48 million yevro) yakunlab bergan.
Top-10 likdagi faqat besh nafar futbolchi hozirda “ko‘k-anoranglilar” safida harakat qiladi. Yana to‘rt nafari esa “Barselona”da birorta ham o‘yin o‘tkazmagan.
Quyida kuchli o‘nlik bilan tanishing:
1. Lionel Messi — 112 million yevro2. Mauro Ikardi (hozirda — PSJ) — 60 mln yevro3. Tiago Alkantara (“Bavariya”) — 48 mln yevro4. Xordi Alba — 40 mln yevro5. Serxi Roberto — 40 mln yevro6. Ansumane Fati — 36 mln yevro7. Andre Onana (“Ayaks”) — 36 mln yevro8. Ektor Belyerin (“Arsenal”) — 32 mln yevro9. Dani Olmo (“Leypsig”) — 31,5 mln yevro10. Serxio Buskets — 28 mln yevro
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!