Amerikalik musiqachi va bloger Kurt Shnayder “Garri Potter” filmidagi musiqani ijro etib, internetda mashhurlikka erishdi. U noodatiy musiqa “anjomi” yordamida ishlangan rolikni TikTok’ka joylashtirgan.

Kadr: TikTok

Amerikalik yigit ushbu musiqani ikkita kir yuvish mashinasidan foydalangan holda do‘sti bilan ijro etgan.

Xogvarts sehrgarlar maktabi o‘quvchilarinikiga o‘xshash galstuk taqib olgan Shnayder musiqani ijro etib bo‘lgach, zina ostidagi omborchaga berkinadi.

Rolik ikki sutka ichida internetda mashhurlikka erishib, 2,3 million marotabadan ortiq tomosha qilindi.

Shuningdek, videoga 458 mingdan ortiq layk bosilgan va salkam 5 mingta izoh qoldirilgan.