Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 245 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: Reuters

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

  • Olmaota shahri — 49 (1,8 foiz);
  • Qarag‘anda viloyati — 48 (4,7 foiz);
  • Nur-Sulton shahri — 35 (1,5 foiz);
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 22 (2,9 foiz);
  • Chimkent shahri — 15 (1,7 foiz);
  • Olmaota viloyati — 11 (2,7 foiz);
  • Mang‘istov viloyati — 11 (3,6 foiz);
  • Atirau viloyati — 10 (0,9 foiz);
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 9 (5,7 foiz);
  • Jambil viloyati — 7 (1,7 foiz);
  • Aqto‘be viloyati — 6 (1,6 foiz);
  • Aqmo‘la viloyati — 5 (3 foiz);
  • Pavlodar viloyati — 5 (2,2 foiz);
  • Turkiston viloyati — 5 (1,3 foiz);
  • Kostanay viloyati — 4 (2,1 foiz);
  • Qizilo‘rda viloyati — 3 (0,7 foiz).

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 312 kishiga yetgan. Hozirga qadar 6606 kishi sog‘aygan, 52 kishi virus qurboniga aylangan.

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 37 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Kloop.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 14 nafari Bishkekda qayd etilgan. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan:

  • Chuy viloyati — 7;
  • Norin viloyati — 6;
  • O‘sh viloyati — 5;
  • Issiqko‘l — 3;
  • O‘sh shahri — 1;
  • Botken viloyati — 1.

Kasallarning 17 nafari chetdan, asosan, Rossiyadan kirib kelganlar. Yana 12 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar. Sakkizta holatda infeksiyaning yuqish manbasi aniqlanmagan.

O‘tgan bir sutkada davomida 48 kishi koronavirusdan sog‘aygan. Shu bilan birga, O‘sh shahrida 34 yoshli, Bishkekda esa 84 yoshli bemor koronavirus oqibatida vafot etgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1936 kishiga yetdi, ularning 22 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1340 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 574 kishi statsionarlarda qolmoqda.

Tojikistonda 4-iyun holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni yana 98 kishiga ortib, kasallikka chalinganlarning jami soni 4289 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda hozirga qadar COVID-19 bilan kasallangan 2401 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 48 kishi virus qurboniga aylangan. Ayni vaqtda koronavirus tashxisi qo‘yilgan 1418 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda.

Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 18 ming kishidan oshib ketdi, kamida 300 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 4-iyun holati bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 18 054 kishini tashkil etmoqda, 1,5 mingdan ortiq kishi sog‘aygan. Hozirga qadar koronavirus bilan kasallangan 300 bemor vafot etgan.

O‘zbekistonda 5-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 3965 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakat bo‘yicha 862 bemor davolanishni davom ettirmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Eslatib o‘tamiz, hozirgacha 3087 kishi sog‘aygan, bemorlarning 16 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.