O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 2020-yil 3-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 46 nafarga ko‘payib, 3815 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 45 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, bittasi esa Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 3014 nafar fuqaro sog‘aydi. Mamlakatda 786 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda. 15 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.