Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Peshku tuman inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda to‘ng‘iz ovlagan fuqaro aniqlandi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Foto: Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Ta’kidlanishicha, 31-may kuni navbatdagi tezkor tadbir davomida Peshku tumanidagi Obidxo‘ja qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.M. qo‘shnisi boshqaruvidagi Damas avtomashinasi bilan “Qora qir cho‘l” hududidan harakatlanib kelayotgan vaqtida tuman Bioxilma-xillik inspeksiyasi inspektori tomonidan to‘xtatilgan.

Foto: Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Foto: Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Tekshiruv davomida mashinada 2 ta xaltada bo‘lgan bitta to‘ng‘iz va ov quroli borligi aniqlangan. Fuqaro S.M. ov qoidalarini buzganligi uchun unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) bilan dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi