Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller Bundesliga 29-turidan o‘rin olgan “Fortuna”ga qarshi bahsda (5:0) golli uzatma muallifiga aylandi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bu 30 yoshli futbolchi uchun Germaniya chempionati joriy mavsumidagi 18-assist bo‘ldi. Shu tariqa Myuller dastlabki 29 tur ichida amalga oshirilgan golli uzatmalar soni bo‘yicha Bundesliga rekordini o‘rnatdi, deya xabar qilmoqda Opta. Mazkur statistika Bundesligada 2004/05-yilgi mavsumdan buyon hisoblab kelinadi.

Shuningdek, Myuller 2019/20-yilgi mavsumda assistlar soni bo‘yicha Yevropa top-5 ligalari futbolchilari orasida yetakchi bo‘lib turibdi.

Myuller joriy mavsum Germaniya chempionatida 29 o‘yin o‘tkazib, yettita gol urishga erishgan. “Bavariya” tarbiyalanuvchisi 2008-yildan buyon asosiy jamoada harakat qilib keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?