Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlar Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) va Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan e’tirof etildi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Daryo”ga ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xabar berilishicha, “O‘zstandart” agentligi tomonidan COVID-19 infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yordam berish maqsadida bir qator tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Agentlikning ma’lum qilishicha, mamlakatdagi koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlar dunyoning 163 ta mamlakati a’zo bo‘lgan Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) va 40 ta mamlakat a’zo bo‘lgan Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan e’tirof etildi.

ISO tomonidan qayd etilishicha, O‘zbekistonda COVID-19 kasalligiga qarshi kurashish uchun yangi standartlar ishlab chiqish hamda nafas olish a‘zolari himoyasi, himoya kiyimlari, antiseptik vositalarning xalqaro standartlarini qabul qilish bo‘yicha ishlar olib borilgan.

SMIIC esa koronavirus infeksiyasi aniqlangan ilk kundan boshlab O‘zbekiston hukumati tomonidan ushbu kasallikning keng tarqalishi oldini olish bo‘yicha tezkorlik bilan choralar ko‘rilib, koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi ish boshlaganini ta’kidlab o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi