Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

YouTube xitoychada “kommunistik bosqinchi” va “50 sentli partiya” so‘zlari yozilgan Xitoy Kommunistik partiyasiga taalluqli izohlarni o‘chirishni boshladi, deb xabar beradi The Verge.

Foto: Global News

Foto: Global News
Xitoychada qoldirilgan izohlar 15 soniyada yo‘qolib qoladi, bu ular avtomatik ravishda o‘chirilayotganidan dalolat beradi. Shu turdagi so‘zlar ingliz tilida yozilsa, videoxosting boti ularga teginmagan.

Videoservis vakili bu kabi izohlar o‘chirilayotganini tasdiqlagan, biroq bu tizim xatoligi sabab sodir bo‘layotganini ma’lum qilgan. Bu kabi xatolik nima sababdan va qanday yuzaga kelganiga esa aniqlik kiritmagan.

YouTube Google’ning boshqa servislari kabi Xitoyda 2009-yildan beri bloklangan. Bunga korporatsiya mamlakat hukumatining Xitoyda qidiruv tizimini senzuradan o‘tkazish talabidan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

2018-yilda Google Xitoyda senzurali qidiruv tizimini ishga tushirishni istagan, biroq oxir-oqibat bu niyatidan qaytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak