Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 27-turida “Bavariya” 23-may, shanba kuni “Ayntraxt” bilan bahs yuritdi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Foto: Twitter

Myunxenliklar safida Leon Goretska, Tomas Myuller, Robert Levandovski va Alfonso Devis o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Frankfurtliklarning ikkita javob to‘piga Martin Hinteregger muallif bo‘ldi. Shuningdek, Hinteregger bir marta o‘z darvozasini ham ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Bavariya” 61 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. “Burgutlar” esa (28 ochko) 13-o‘rinda qoldi.

Mavzuga doir: Bundesliga. “Borussiya D” safarda g‘alabaga erishdi, “Bayer” Myunxengladbaxda uch ochkoga ega bo‘ldi

Bundesliga

27-tur bahsi

“Bavariya” — “Ayntraxt” 5:2

Gollar: 1:0 – 17 Goretska, 2:0 – 41 Myuller, 3:0 – 46 Levandovski, 3:1 – 52 Hinteregger, 3:2 – 55 Hinteregger, 4:2 – 61 Devis, 5:2 – 74, avtogol Hinteregger.

“Bavariya”: Noyer, Boateng (Lyuka Ernandes, 73), Alaba, Pavar, Kimmix (Kyuizans, 85), Koman (Zirkzeye, 85), Devis, Perishich (Gnabri, 64), Goretska, Levandovski, Myuller.

“Ayntraxt”: Trapp, Ture, Ndika (Chendler, 46), Hinteregger, da Koshta (Durm, 76), Kostich, Gachinovich (Sou, 71), Rode (Kamada, 71), Fernandes, Ilzanker, Andre Silva (Dost, 76).

Ogohlantirishlar: Hinteregger (35).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!