• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tailand maktablarida darslar 1-iyuldan qayta boshlanadi

    Tailandda barcha maktablar 1-iyulda ochiladi va mashg‘ulotlar qayta boshlanadi. Bu haqda Tailand ta’lim vaziri Nattxapxon Txipsuvan ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Vazirning ma’lum qilishicha, bu qat’iy qaror bo‘lib, mamlakatdagi barcha maktablar 1-iyul kuni o‘z eshiklarini ochadi. U yoki bu hududda epidemiologik vaziyat yomonlashsa, mazkur hududda virus tarqalishini cheklovchi choralar ko‘riladi. Agar hududda vaziyat xavfli tus olsa, u yerdagi maktablar onlayn rejimga o‘tkaziladi.

    Vazirning qayd etishicha, bunday holatda mamlakatdagi o‘rta ta’limning butun tizimi masofaviy rejimga o‘tkazilmaydi.

    Odatda Tailandda o‘quv yili may oyida boshlanadi va fevral oxirida yakunlanadi. Yarim yilliklar o‘rtasidagi ta’til sentabr oxiridan oktabr boshigacha davom etadi. Yozgi ta’til esa mazkur mamlakatdagi eng issiq davr bo‘lgan mart oyi boshidan may oyi boshigacha davom etadi.

    Ayni paytda mazkur mamlakatdagi barcha maktablar masofadan, smartfonlar va kompyuterlardan foydalangan holda onlayn rejimda ishlamoqda. Smartfoni va kompyuteri bo‘lmagan oilalar uchun Tailand Ta’lim vazirligining maxsus ta’lim telekanali ishlamoqda.

    Tailandda 17-maydan koronavirus sababli joriy qilingan cheklov choralarini yengillashtirish bo‘yicha ikkinchi bosqich boshlandi. Savdo markazlari, ba’zi sport inshootlari, restoranlar va iste’mol mahsulotlari, qurilish materiallari, elektronika mahsulotlari sotadigan do‘konlar ochilgan.

    Tailandda 18-may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 3031 kishini tashkil qilmoqda, 56 kishi kasallik oqibatida vafot etgan, 2857 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. 18-may kuni kasallanish bilan bog‘liq uchta yangi holat aniqlangan. Mamlakat kasalxonalarida COVID-19 kasalligiga chalingan 118 kishi davolanmoqda.

    Avvalroq Tailandda koronavirus chekina boshlagani haqida xabar berilgan edi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30-martdan boshlab maktablardagi darslar videodars shaklida telekanallar orqali efirga uzatilmoqda va mazkur o‘quv yili ana shu tartibda o‘z nihoyasiga yetkaziladi.

    19.05.2020, 06:39   Izoh (0)   26422
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shimoliy Koreyada koronavirus sababli xorijliklar uchun joriy qilingan bir qator cheklovlar olib tashlanadi

    19.05.2020, 05:36

    Albaniya prezidentining rafiqasi teatr buzilishiga qarshi namoyishda qatnashgani uchun hibsga olindi

    19.05.2020, 03:34

    Ashxobod aholisining oylik maoshidan Lebop viloyatini qayta tiklash uchun 300 manatdan bosib qolingani ma’lum bo‘ldi

    19.05.2020, 00:31

    O‘zbekistonda qayta tiklangan temiryo‘l reyslari, Turkiyada suzib yurgan delfinlar, ovqat olib kelayotgan dron. 18-may suratlari

    18.05.2020, 23:31

    JSST koronavirusdan himoyalovchi usullardan birini inson sog‘lig‘iga zararli deb atadi

    18.05.2020, 22:56

    Rossiyada yana 8926 kishi koronavirusga chalindi. Kasallanganlarning umumiy soni 290 678 nafarga yetdi

    18.05.2020, 19:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda piyoda sabab kortej yo‘lini to‘sgan haydovchi jarimaga tortildi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 11:52

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov farzandli bo‘ldi, Munisa Rizayeva Jey Lo bilan duet aytmoqchi, Yulduz Usmonovaning jahlini chiqarishdi

    Madaniyat | 2 iyul, 11:32

    O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 11:27

    “Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashtirishga tayyorgarlik ko‘rdi” — AQSH manbalari

    Dunyo | 2 iyul, 11:14

    “Manchester Siti”ni mag‘lub etgan “Al-Hilol” futbolchilari qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 11:00

    Daniyada ayollarga harbiy xizmatni o‘tash majburiy bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:57

    Hayp qanday ishlaydi: mashhur kinolarni xolisona baholashga yordam beradigan tavsiyalar

    Kino | 2 iyul, 10:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.