Saudiya Arabistonida jarrohlar bemor qizning oshqozonidan 2 kilogramm sochni olib tashladi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: Twitter

Qiz bir necha yil mobaynida qorin og‘rig‘idan aziyat chekib kelgan, biroq shifokorlarga murojaat qilmagan.

20 yoshli qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida uning oshqozonida yot jism borligi aniqlandi. U zudlik bilan operatsiya qilinib, soch olib tashlandi.