Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek millati va davlat tilini haqorat qilgan samarqandlik 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand shahar Ma’muriy sudi raisi Orif Pardayev ma’lum qildi.

Foto: Samarqand shahar Ma’muriy sudi

Foto: Samarqand shahar Ma’muriy sudi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi madaniyat bo‘limida ishlab kelgan fuqaro D.Ya. joriy yil 15-may kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq fikri” guruhida izoh qoldirib, o‘zbek tili va millatini kamsitgan.

Fuqaro, shuningdek, ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida yashash uyiga borgan IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, xodimlarning qonuniy talabini bajarmagan.

Bugun, 18-may kuni fuqaro ishini ko‘rib chiqqan Samarqand shahar Ma’muriy sudi uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 42-moddasi (Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish), 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan aybli deb topib, unga 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi