Qashqadaryo IIB viloyatdagi 1000 ta ehtiyojmand oilaga sakkiz turdagi oziq-ovaqt mahsulotlarini tarqatdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, viloyat IIB xodimlari Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini davom ettirgan holda ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda.
Mazkur xayrli tadbir tumanlar miqyosida ham davom etmoqda.
“Dehqonobod tuman IIB xodimlari ham oylik maoshidan orttirib, qolaversa, tadbirkorlarni jalb qilgan holda uchinchi sektor hududidagi 50 ta ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdi”, — deydi tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Mirzayev.
Izoh (0)