Yengil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempioni Jastin Getji kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: TalkSport

“Habibga qarshi jang — bu men kutayotgan to‘qnashuv. Bu men ishlab olgan va munosib bo‘lgan jang. Bu men uchun ayni damdagi yagona jang.

Biroq Habib Nurmagomedovni taslim etgandan keyin Konor Makgregor bilan jang qilaman, chunki daromad olishni xohlayman. Men bu yerda pul ishlash uchun yuribman”, — deydi Getji.

Eslatib o‘tamiz, 10-may kuni bo‘lib o‘tgan UFC 249 musobaqasida Getji 5-raundda Toni Fergyusonni nokautga uchratgan holda yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempionligini qo‘lga kiritdi. Endilikda amerikalik sportchi mazkur vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedovga qarshi jang qilish uchun asosiy da’vogarga aylandi.