• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda poyezd va samolyotda harakatlanishning vaqtinchalik tartibi e’lon qilindi

    AOKA huzuridagi shtabda Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida brifing o‘tkazilib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avia va temiryo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibi haqida ma’lumot berildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur tartibga muvofiq, avia va temiryo‘l reyslariga chiqish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar koronavirus infeksiyasiga test topshirishi lozim. Bunda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan va tahlil natijasi manfiy ekani haqidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lgan yo‘lovchilar reyslarga qo‘yiladi.

    Barcha yo‘lovchilarning aeroport va temiryo‘l vokzallari hududiga kirishidan oldin tana harorati o‘lchanadi.

    • Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lmagan yo‘lovchilar dezinfektor yordamida zararsizlantiriladi hamda havo va temiryo‘l transportlariga bir martalik himoya niqoblari va qo‘lqoplarda kiritiladi;
    • Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarga avia va temiryo‘l xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Bunday holatlarda yo‘lovchiga chipta puli belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
    Yo‘lovchilar aeroport va temiryo‘l vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yo‘naltiruvchi maxsus tasmalar bo‘ylab harakatlanishlari shart.

    Aeroport va temiryo‘l vokzallarida umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalarining faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Yo‘lovchilar savdo avtomatlaridan foydalanishlari mumkin.

    Yo‘lovchilar havo kemalariga va temiryo‘l vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi.

    Avia va temiryo‘l qatnovlariga elektron chiptalar onlayn tarzda sotiladi.

    Shuningdek, qatnov vaqtida quyidagi tartibga amal qilinadi:

    • yo‘lovchilar qatnov vaqtida samolyot salonida va vagonlar bo‘ylab harakatlanishi taqiqlanadi (hojatxonadan foydalanish holatlari bundan mustasno);
    • parvoz vaqtida yo‘lovchilarga faqatgina 250 ml hajmdagi qadoqlangan ichimlik suvlari beriladi — oziq-ovqat mahsulotlari, turli xil jurnal va gazetalar tarqatilmaydi (avariya holatidagi harakat yo‘riqnomasi bundan mustasno);
    • poyezd vagonlarida yo‘lovchilarga berilgan bir martalik himoya niqoblari va qo‘lqoplarini yechishga ruxsat berilmaydi (yo‘lovchilarning suv ichish holatlari bundan mustasno);
    • vagonlarning hojatxona hamda tamburlarida yo‘lovchilarning to‘planishlariga yo‘l qo‘yilmaydi;
    • Yo‘lovchilar uchun hojatxonalar sanitariya va gigiyena vositalari, antiseptik vositalar bilan to‘liq ta’minlanadi.
    Yo‘lovchilarning havo kemasi bortida va temiryo‘l vagonlarida joylashuvi ijtimoiy masofani saqlash tamoyili asosida quyidagi ko‘rinishda amalga oshiriladi:

    Foto: AOKA

    Foto: AOKA

    Mazkur vaqtinchalik tartib talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

    Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 14-maydagi qarori bilan O‘zbekistonda karantin 1-iyungacha uzaytirildi, biroq temiryo‘l va aviaqatnovlar qisman qayta tiklanadi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistondagi shaharlarda shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilmoqda

    15.05.2020, 18:44   Izoh (0)   34858
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

    15.05.2020, 18:08

    Moliya vazirligi Qurilish vazirligining Land Cruiser 200’ni tanlovlarsiz sotib olishiga e’tiroz bildirdi

    15.05.2020, 17:56

    O‘zbekiston Markaziy banki aprel oyida muomalaga qo‘shimcha qancha naqd pul chiqargani ma’lum bo‘ldi

    15.05.2020, 17:45

    O‘zbekistonda 16-may kuni yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

    15.05.2020, 17:33

    Sardobadagi falokatdan jabrlanganlar yangi ko‘p qavatli uylarga va o‘zlarining ta’mirlangan hovlilariga 1-sentabrgacha ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi

    15.05.2020, 17:06

    Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rgan har bir xonadonga Shavkat Mirziyoyev nomidan 40 mln so‘mdan berildi

    15.05.2020, 16:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Toshkentda UzEnergyExpo-2024 va UzStroyExpo-2024 xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    MAKRO xaridlar uchun o‘yinchoqlar sovg‘a qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Asl Baraka o‘zining “Asl Baraka” deb nomlangan yangi eksklyuziv kolbasasini taqdim etadi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Engelberg — yillar davomida sinalgan sifat

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    “Tolibon” nega qo‘shni davlatlarga tahdidli murojaatlar yo‘llamoqda. Unga ishonsa bo‘ladimi?

    18.10.2024, 11:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.