Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda sanoatdagi energiya sarfi ham tahlil qilindi.
“Har bir soha va tarmoq kesimida ushbu resursni tejash va samaradorligini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.
Davlat rahbari xalqaro energoaudit tashkilotlarini jalb qilib, 285 ta yirik sanoat korxonasining energiya samaradorligini o‘rganish, uch smenada ish tashkil etgan tadbirkorlarga kechki smena uchun elektr tarifini 1,5 baravar kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.