O‘zbekistonda 3-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 9 kishiga ko‘payib, 2136 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq 3-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2127 nafarni tashkil etgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etdi, 1278 nafari esa sog‘aygan.

Qayd etish joiz, 28-apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi.