Futbol bo‘yicha Niderlandiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi koronavirus pandemiyasi sabab muddatidan avval yakunlandi.

Foto: Twitter

Unda chempion va musobaqani tark etgan jamoalar bo‘lmaydi. Erediviziyada 1945-yildan keyin ilk bor chempion nomi aniqlanmaydigan bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar Ligasida “Ayaks” (pley-off bosqichi) va AZ klublari (ikkinchi saralash bosqichi) qatnashadi. Yervopa Ligasi yo‘llanmasi ushbu jamoalarga taqdim etildi: “Feyenoord” (guruh bosqichi), PSV va “Villem II” (ikkinchi saralash bosqichi).

Koronavirus sabab to‘xtab qolgan Niderlandiya chempionatining 25-turidan keyin 56 ochko to‘plagan “Ayaks” peshqadam bo‘lib turgandi. Xuddi shuncha ochko to‘plagan AZ qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ikkinchi o‘rinni band etgandi.

So‘nggi o‘rinlarda “Den Haag” (19 ochko) va “Valveyk” (15) jamoalari borayotgandi. Ular ikkinchi divizionga tushib ketmaydi. O‘z navbatida ikkinchi divizionda dastlabki ikki o‘rinni egallagan “Kambyur” va  “De Grafsxap” yuqori ligaga chiqmaydi.

Shuningdek, Niderlandiya Kubogi finali doirasidagi “Utreht”—“Feyenoord” uchrashuvi va ayollar chempionati ham bekor qilingan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!