• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Suaresdan Salohgacha. “Liverpul”ning XXI asrdagi eng omadli transferlari (foto)

    “Liverpul” klubi barcha davrlarning eng kuchli klublari qatorida sanalib kelingan va tabiiyki, jamoada dunyoning eng kuchli futbolchilari to‘p surgan. Klub akademiyasidan Stiven Jerrard kabi yetuk futbolchilar yetishib chiqishiga qaramay, rahbariyat doimo transfer bozorida faol kurash olib borgan va ko‘plab muvaffaqiyatli xaridlarni amalga oshirgan. Quyida Mersisayd klubining XXI asrdagi eng omadli transferlari haqida fikr yuritiladi.

    Pepe Reyna

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Uzoq yillar mobaynida “Liverpul” darvozasini munosib himoya qilgan Pepe Reyna 2005-yilda Ispaniyaning “Vilyarreal” klubidan o‘sha davrlar uchun juda yuqori bo‘lgan narx — 10 million yevro evaziga APLga ko‘chib o‘tgandi. Reyna mersisaydliklar tarkibida qariyb 400 ta o‘yin o‘tkazadi, biroq u jamoasi bilan maqtanishga arzigulik yutuqlarni qo‘lga kirita olmaydi. Bu natijalarda ispaniyalik posbonning “hissasi” unchalik katta bo‘lmagan, boisi u kamdan kam vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘yardi. Bunga isbot tariqasida Reynaning uch mavsum davomida Premyer Liganing “Oltin qo‘lqop” mukofotini qo‘lga kiritganini misol keltirish mumkin. Umuman olganda, Reynani Jerrard va Alonso singari klub afsonalaridan biri deb atash mumkin.

    Rahim Sterling va Filippe Koutinyo

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Liverpul” tarkibida mutlaqo o‘zgacha o‘yin namoyish etgan ikki futbolchi — Sterling va Koutinyoga jamoa muxlislarining mehri bo‘lakcha edi. Sterlingni qisman klub tarbiyalanuvchisi deb hisoblash mumkin, u yoshligida unchalik kamtarona bo‘lmagan 700 ming yevro xarid qilinadi va klubning yoshlar jamoasida to‘p tepadi. Koutinyo esa “Inter”dan 13 million yevro yevroga sotib olingandi. Ularni birlashtirib turadigan jihat ikki iqtidor egasining boshqa klublarga o‘tishdagi transfer summasi. “Liverpul” angliyalik vingerning transferidan (“Manchester Siti”) 63 million yevro daromad ko‘rgan bo‘lsa, braziliyalik xavbekning tovon puli klub g‘aznasini qariyb 150 million yevroga to‘ldirdi.

    Xavyer Maskerano

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Argentinalikning futbolchi 2007-yilda “Liverpul”ga “Vest Hem”dan ko‘chib o‘tgan. Uning transfer qiymati 22 million yevroni tashkil qilgan. Biroq to‘rt yildan so‘ng 20 million yevroga “Barselona”ga sotib yuboriladi. Futbol tarixidagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri bo‘lgan Maskerano atigi 4 mavsum davomida mersisaydliklar bilan birga bo‘ladi. O‘sha yillarda birorta ham sovrin qo‘lga kiritmagan bo‘lsa-da, jamoa “oltin tarkib” deya e’tirof etilar va aynan Maskerona uning miyasi ekani bot-bot ta’kidlanardi. Turli xil mish-mishlarga ko‘ra, Maskeranoning Ispaniyaga yo‘l olishi Torresning “Chelsi”ga ketib qolishiga sabab bo‘lgan ekan.

    Dirk Kyoyt

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Niderlandiya terma jamoasi sobiq o‘yinchisi top futbolchi bo‘lmasligi mumkin, ammo u yuqori darajadagi o‘yini va mehnatsevarligi bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘la olardi. U “Feyenoord” klubidan bor-yo‘g‘i 18 million yevroga sotib olingandi. Kyoyt Tumanli Albionda 6 ta ajoyib mavsumni o‘tkazdi va muxlislarning suyuklisiga aylandi. Kyoyt maydonning istalgan nuqtasida ortiqcha qiyinchiliklarsiz harakatlana olish qobiliyatiga ega edi. U ham hujumda ham yarim himoyada va himoyada ham asqatardi. Zarurat bo‘lganida hatto darvozani qo‘riqlashi mumkinligiga ham hech kimda shubha bo‘lmasa kerak.

    Fernando Torres

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Vaqtida dunyoning eng yaxshi hujumchilari orasida e’tirof etilgan Fernando Torres 2007-yilda Madridning “Atletiko”sidan 38 millionga sotib olinadi. Afsuski, futbolchi “Liverpul”ning eng yaxshi davrlarida to‘p surmaydi. Umuman olganda, jamoa yomon o‘yin namoyish etmagan, biroq sovrinlar masalasida omadi yurishmagan. Jamoaning eng yaxshi natijasi 2009/10-yilgi mavsumdagi kumush medallar bo‘lgan. Bu esa Torresdek iqtidorli o‘yinchi uchun juda kamlik qilardi. Buning ustiga Maskeranoning jamoadan ketishi uning hafsalasini pir qiladi va 2010-yilda “Chelsi”ga o‘tib ketadi. Shu bilan Fernandoning karyerasi deyarli yakunlanadi. “Liverpul” esa uning transferidan 60 million yevro daromad orttiradi.

    Luis Suares

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shubhasiz, Suaresning transferi klub tarixidagi eng yaxshi bitimlardan biri. Angliyadagi faoliyati davomida Suares nafaqat sayyoraning eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylandi, balki mersisaydliklar uning transferidan yaxshigina pul ham ishlab olishdi. Forvard “Ayaks”dan 27 million yevroga sotib olinib, “Barsa”ga 82 million yevroga pullandi. Hanuzgacha ko‘plab muxlislar Torres va Suaresning birgalikda o‘ynashmaganidan afsuslanadi. Suaresning bir o‘zi ham yaxshi natijalarni qayd eta oldi. U Angliyadagi uch mavsumida 82 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

    Virjil van Deyk

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2019-yilgi “Oltin to‘p” sovrinida ikkinchi bo‘lgan, pozitsiyasi bo‘yicha esa dunyoning eng yaxshilaridan biri van Deykning transferi “Liverpul” uchun 85 million yevroga tushadi. O‘z navbatida bu uni dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylantiradi. Virjil maydonda haqiqiy “yirtqich”ga aylanadi. Uni dog‘da qoldirish esa hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.

    Alisson Beker

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Liverpul”ning yana bir eng omadli xaridlaridan biri Alisson 2018- yilning yozida 70 million yevro evaziga jamoaga kelib qo‘shiladi. Tan olish lozimki, u bundan ko‘piga ham loyiqdir. Uning ishonchli o‘yini Klopp jamoasining kerakli ochkolarni qo‘lga kiritishida muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, jamoaning mudofaa chizig‘i ham ancha kuchli. Biroq Alisson shunchaki aql bovar qilmas “seyv”larni amalga oshiradi. Agar u eng zo‘ri bo‘lmasa, demak, shunchaki zo‘rlar orasida yetakchi. Braziliyalik posbon bor-yo‘g‘i 27 yoshda va uning eng yaxshi o‘yinlari hali oldinda.

    Xabi Alonso

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xabi Alonso “qizillar” safida ajoyib besh mavsum o‘tkazgan va “Enfild”ning sevimli futbolchilaridan biriga aylangan. 2004-yilda “Real Sosedad”dan 16 million yevroga sotib olingan Alonso Rafa Benitesning o‘yin uslubiga juda mos tushardi. Mersisaydliklar safida ikki yuzdan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, bir nechta muhim sovrinlarni, shu jumladan 2005-yilgi Chempionlar Ligasidagi g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shadi. U Jerrard bilan maydonda shunday juftlik yarata olgandiki, bu nafaqat muxlislarning, balki raqib jamoalarning ham e’tiboriga sazovor bo‘lgandi. “Liverpul” hatto uning transferidan oz bo‘lsa-da foyda ko‘rdi. 2009-yilda “Real” Alonsoni 35 million yevroga sotib oldi.

    Muhammad Saloh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Liverpul”ning amaldagi yetakchisi, Transfermarkt’ga ko‘ra jamoaning eng qimmat o‘yinchisi Muhammad Saloh “qizillar” safiga 42 million yevro evaziga “Roma”dan kelib qo‘shilgan. Saloh xuddi Messi “Barselona”da yoki Ronaldu “Real”da bo‘lgani kabi “Liverpul”ning ajralmas bir qismiga aylanishga ulgurgan. Misrlik hujumchi jamoaning eng yaxshi to‘purari va Chempionlar Ligasi finalidagi g‘alaba goli muallifi hisoblanadi. Saloh – tezkor hamda texnikasi yuqori bo‘lgan ajoyib futbolchi. Aynan uning kelishi “Liverpul” o‘yinini ijobiy tomonga o‘zgartirdi.

    Yurgen Klopp

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Gap Mersisayd klubi haqida ketar ekan jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Yurgen Kloppni yodga olmaslik mantiqsizlik bo‘lardi. Zero, aynan xizmatlari tufayli jamoa Chempionlar Ligasida g‘oliblikka erishdi va koronavirus tufayli to‘xtab qolgan joriy yilgi Angliya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Ochig‘ini aytganda, Klopp transfer qilinmagan, germaniyalik mutaxassis 2015-yilda jamoaga erkin agent sifatida kelgan. Uning boshqaruvidagi birinchi mavsum “Liverpul” uchun ko‘ngildagidek o‘tmaydi. Jamoa Premyer Ligani sakkizinchi o‘rinda yakunlaydi. Bundan tashqari, Yevropa Ligasi finalida ham imkoniyat boy beriladi. Biroq ma’lum vaqt o‘tgach, hammasi o‘z iziga tushadi. Klopp “Liverpul” muvaffaqiyatlarining asosiy muallifi hisoblanadi. To‘g‘ri, ba’zi vaziyatlarda jamoaga omad kulib boqdi, biroq uning qanchalik kuchli ekanini payqash uchun mutaxassis bo‘lish shart emas.

    Boshqa maqolalar:

    • “Murabbiyni kiyinish xonasidayoq ishdan bo‘shatish mumkin” — “Barselona” va “Real”da to‘p tepgan, endilikda murabbiyga aylanayotgan Xavyer Saviola hikoyasi
    • “O‘zimizdan katta bolalarni yutib qo‘yadigan bo‘lsak, o‘yindan so‘ng kaltak yeyishimiz aniq edi” — Luish Nani bolaligi, “Manchester Yunayted”ga o‘tishi va o‘g‘li haqida
    • “Barselona” va “Chelsi” o‘rtasida talash bo‘lishi kutilayotgan, braziliyalik “kechikkan yulduz” — Aleks Telles haqida
    • Kubogi soxta pul yasash uchun o‘g‘irlab ketilgan Angliyadagi eng “keksa” futbol musobaqasi haqida
    • Inqirozdan keyingi inqiroz. Koronavirusdan so‘ng futbol qanday bo‘ladi?

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    25.04.2020, 10:02   Izoh (0)   43194
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rasman: UFC 9-may kuni musobaqa o‘tkazadi. Unda Toni Fergyuson, Genri Sehudo hamda Donald Serronelar jang qiladi

    25.04.2020, 06:12

    “Energetik-BGU” yirik hisobda yutqazdi. Yaxshiboyev va Umarov jamoasi ketma-ket uch o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmoqda

    25.04.2020, 00:09

    “Murabbiyni kiyinish xonasidayoq ishdan bo‘shatish mumkin” — “Barselona” va “Real”da to‘p tepgan, endilikda murabbiyga aylanayotgan Xavyer Saviola hikoyasi

    24.04.2020, 23:44

    Adebayor xayriya qilmayotgani haqida: Nimani xohlasam, shuni qilaman

    24.04.2020, 21:42

    2021-yilga qoldirilgan futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati “Yevro—2020” nomini saqlab qoladi

    24.04.2020, 20:19

    Vadim Abramov Osiyo Kubogi—2011, Avstraliya bilan o‘yindagi 0:6, o‘n yil avvalgi O‘zbekiston termasining hozirgisi bilan farqi haqida

    24.04.2020, 19:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.