Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) xodimlari 2018—2019-yillar mobaynida mashg‘ulot maydoni atrofida futbolchilar “xavfsizligini ta’minlash” maqsadida 60 ga yaqin g‘ozlarni o‘ldirgan, deya xabar qilmoqda The Guardian.

Foto: The Sun

Foto: The Sun

G‘ozlar Angliya terma jamoasi bazasidagi chimga zarar yetkazgan. FA xodimining so‘zlariga ko‘ra, qushlar maydonda muntazam o‘z axlatini qoldirgan, shuningdek, jamoat joylaridagi bu holat ko‘plab odamlarga xavf solgan.

Assotsiatsiya qushlarni otishga ruxsat beruvchi maxsus litsenziya olgan. Avvaliga qushlarni o‘ldirish mo‘ljal qilinmagan, biroq shundan boshqa yo‘llar samara bermagan.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Assotsiatsiyaning ushbu harakati hayvonlar huquqini himoya qiluvchi Stop the Cull tashkiloti tanqidlariga sabab bo‘lgan.

“Siz tabiatni asrashga hissa qo‘shgandek ko‘rinish uchun hovuz yaratasiz, keyin esa undan foydalangan qushlarni o‘ldirasiz, chunki sizga chimdagi axlat yoqmaydi. Bu yerda qandaydir yomonlik belgisi bor”, — deydi Stop the Cull vakili Jey Tiran.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg