Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) xodimlari 2018—2019-yillar mobaynida mashg‘ulot maydoni atrofida futbolchilar “xavfsizligini ta’minlash” maqsadida 60 ga yaqin g‘ozlarni o‘ldirgan, deya xabar qilmoqda The Guardian.
G‘ozlar Angliya terma jamoasi bazasidagi chimga zarar yetkazgan. FA xodimining so‘zlariga ko‘ra, qushlar maydonda muntazam o‘z axlatini qoldirgan, shuningdek, jamoat joylaridagi bu holat ko‘plab odamlarga xavf solgan.
Assotsiatsiya qushlarni otishga ruxsat beruvchi maxsus litsenziya olgan. Avvaliga qushlarni o‘ldirish mo‘ljal qilinmagan, biroq shundan boshqa yo‘llar samara bermagan.
Assotsiatsiyaning ushbu harakati hayvonlar huquqini himoya qiluvchi Stop the Cull tashkiloti tanqidlariga sabab bo‘lgan.
“Siz tabiatni asrashga hissa qo‘shgandek ko‘rinish uchun hovuz yaratasiz, keyin esa undan foydalangan qushlarni o‘ldirasiz, chunki sizga chimdagi axlat yoqmaydi. Bu yerda qandaydir yomonlik belgisi bor”, — deydi Stop the Cull vakili Jey Tiran.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)