O‘zbekistonda karantin bilan bog‘liq cheklov choralari may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.

Kadr: “O‘zbekiston 24”

“Ikkinchi chorak biz uchun o‘ta murakkab bo‘lishi kutilyapti. Ko‘plab mamlakatlar kabi O‘zbekistonda ham karantin bilan bog‘liq cheklovlar asosan aprel oyiga to‘g‘ri kelyapti va may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Avvalroq, 14-aprel kuni O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarining muhim yo‘nalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarining faoliyatini davom ettirish, shuningdek, yirik qurilish obyektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini davom ettirish (boshlash)ga Respublika maxsus komissiyasining hududiy shtablari rahbarlarining qarori (yig‘ilish bayoni)ga muvofiq ruxsat berilishi belgilan edi.

Xabar to‘ldirilmoqda