Hindistonlik Priyanka Vkarma sochini sanchqi, shpilka va makiyaj uchun mo‘ljallangan cho‘tka yordamida turmakladi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Foto: YouTube

TikTok foydalanuvchisi bo‘lgan ayol uy sharoitida sochni qanday chiroyli tarzda turmaklash mumkinligini video orqali ko‘rsatib berdi.

Videoda Priyanka sanchqiga sochini o‘rab, uni ployka yordamida qotirayotganini ko‘rish mumkin.

Makiyaj cho‘tkasi esa qizga sochini kattaroq jingalak to‘lqinlar yaratishiga yordam bergan.