Angliyaning Dorset grafligida yashovchi 50 yoshli sobiq balerina Brinda Kollinz hanuzgacha yosh ko‘rinishi sababi nimada ekanligini aytdi, deb yozadi Mail Online.
Kollinzning aytishicha, u hech qachon yosh ko‘rinishni maqsad qilmagan.
“Shuning uchun men labimni botoks qildirmaganman yoki boshqa plastik operatsiyalardan foydalanmaganman”, — deydi Brinda Kollinz.
Chiroyli tashqi ko‘rinishni saqlab qolish uchun Kollinz haftada to‘rt marta yuzga mo‘ljallangan niqoblardan foydalanadi.
U terini oziqlantiruvchi kosmetik vositalarning sifatiga ham alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydi. Kollinzning aytishicha, sifatli degani har doim ham qimmat kosmetika degani emas. Xamyonbop kosmetika vositalaridan ham yuzga to‘g‘ri keladiganini tanlab ishlatish kerak.
Kollinz yosh ko‘rinishining yana bir sababi sport mashg‘ulotlari ekanligini aytadi.
“44 yoshimda baletdan ketganimdan so‘ng o‘zim uchun sport turini tanlash jarayoni qiyin bo‘lgan”, — deydi Kollinz.
Balerina hozirda haftasiga olti marta fitness bilan onlayn tarzda shug‘ullanadi.
Kollinzning ta’kidlashicha, har kuni stressdan voz kechish zarur.
“Men har kuni ijodiy ish bilan shug‘ullanaman. Bu men uchun charchoq va stressdan qutulishning eng yaxshi usuli. So‘nggi vaqtda men eski mebellarni yangilashga qiziqib qolganman. Buni men YouTube’dagi videodarslardan o‘rganyapman. O‘zimning dizayn studiyamni ochganimdan keyin esa suratga olishga qiziqib qolganman”, — deydi Kollinz.
Izoh (0)