“Barselona” hujumchisi Lionel Messi sobiq jamoadoshi Tyerri Anri haqidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashdi.
“Anri kiyinish xonasiga tashrif buyurgan ilk kunda uning ko‘ziga qaray olmaganman. U Angliyada nimalarga erishganini bilardim. U vaqtda men uchun uning obrazi shakllangandi, keyin esa Tyerri bilan bir jamoa o‘ynaydigan bo‘ldik.
Anri yengil harakatlar bilan gol urishi va o‘yindagi intriganing o‘ldirishi menga yoqardi. Tabiiyki u boshqalarda taassurot qoldira olardi”, — deydi Messi.
Fransiyalik futbolchi 2007—2010-yillar mobaynida “Barselona”da to‘p surgan. Anri katalon klubi safida 121 o‘yin o‘tkazib, 49 golga mualliflik qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)