Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatidagi bozorlardan kartoshka topib bo‘lmayotgani haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxs 15 sutka qamaldi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

5-aprel kuni Farg‘onaning Rishton tumanida yashovchi A.S. bozordagi ayrim bo‘sh rastalarni tasvirga olib, kartoshka topib bo‘lmayotgani haqida videolavha tayyorlagan va uni Instagram’da e’lon qilgan.

Rishton tumani “Markaziy dehqon bozori” kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, 4-aprel kuni bozorga 15 tonna kartoshka olib kelingan 4 ming so‘mdan sotilgan.

Shu sababdan bozor ma’muriyati yolg‘on ma’lumot tarqatgan fuqaroga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab IIBga murojaat qilgan. Ish 8-aprel kuni Bag‘dod tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Sud qaroriga asosan fuqaro A.S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi (tuhmat) va 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ayblanib, 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi