Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Prezident Shavkat Mirziyoyev murojaatnomasiga bag‘ishlangan “Go‘zal hayot” deb nomlangan qo‘shig‘ini taqdim etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Prezidentimizning oxirgi murojaatlaridan hech kimning ichi yonmay qolmadi. Bu bizga tinchlik bermadi. To‘lqinlantirdi. Yondirdi. Haqiqiy xalq otasini ko‘rdim shu murojaatda.

Xalqimizga prezident murojaatini yanada chuqurroq yetkazish maqsadida yangi qo‘shiq yozdik”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.

Ma’lumot uchun, qo‘shiq shoir Botir Ergashev so‘zi, bastakor Nodir Umarov musiqasi, Aziz Xolmurodov musiqiy sayqali hamda Dilmurod Matkarimov ovoz rejissorligida tayyorlangan.