Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida tuya so‘yilib, aholiga ehson tariqasida tarqatildi. Bu haqda “Daryo”ga Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Azizbek Yazdurdiyev ma’lum qilmoqda.

Foto: Mirishkor tuman hokimligi

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ehson tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev hamda viloyat hokimligi vakili Rashid Muhammadiyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan bo‘lib, karantin paytida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qilingan.

Foto: Mirishkor tuman hokimligi

Tuman hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, tumanda aholining go‘shtga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qora mol ham so‘yilib, qo‘shimcha 450 kilo go‘sht tibbiyot xodimlariga bepul tarqatilgan.

Foto: Mirishkor tuman hokimligi

“Karantin paytida aholining go‘sht va sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va nochor oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi jamoasi tinimsiz harakat qilmoqda”, — deydi Azizbek Yazdurdiyev.