Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumaniga ham yangi hokim tayinlandi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

Shuhratjon Tojihakimov.

Shuhratjon Tojihakimov.
Foto: “Daryo”

4-aprel, shanba kuni, xalq deputatlari Dang‘ara tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev rahbarligida o‘tgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Shuhratjon Tojihakimov Dang‘ara tumani hokimi etib tayinlangan.

Ushbu tayinlovga qadar Shuhratjon Tojihakimov Yozyovon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Dang‘ara tumani hokimi Saidmurod Aminjonov viloyat hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Shu kunga qadar Dang‘ara tumanida O‘zbekiston tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Abdullayev hokim vazifasini bajarib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun viloyatning Quvasoy va Marg‘ilon shaharlarida ham hokimlar o‘zgargan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Geosiyosiy vaziyatning salbiy taʼsiri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi” — Mamarizo Nurmurodov
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilzila munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi
Kripto
O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di