Qashqadaryoning Shahrisabz tumanida rashk tufayli xotinini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan erkak hibsga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1-aprel kuni soat 12:00 larda Shahrisabzning “Teparlik” mahallasida yashovchi 46 yoshli U.Q. 39 yoshli turmush o‘rtog‘i G.S. bilan rashk sabab o‘zaro janjallashib qolgan. Oqibatda er xotinini o‘ldirish maqsadida avval uni stulga majburan o‘tqizib, qo‘l va oyoqlarini bog‘lagan. So‘ng arqon bo‘laginining bir uchini uning bo‘ynidan o‘tkazib, qasddan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan U.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.