Yulduz Rajabova Maksim Fadeyevning “Oynalardagi raqslar” (Tansi na styoklax) qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etib, folloverlarini lol qoldirdi. Ushbu video Instagram’da salkam 8 mingta layk to‘pladi.

Foto: Instagram / @yulduz_radjabova_official

Yulduz Rajabovaning muxlislari uning xonandalik mahoratiga yuqori baho berib, “Ovozingiz chiroyli ekan”, “Bemalol xonandalik ham qilsangiz bo‘larkan, yoqimli ovozingiz bor ekan”, “Sizni yaxshi aktrisa ekanligingizni bilardim, yaxshi xonanda ekanligingizga ham amin bo‘ldim”, qabilidagi izohlarni yozib qoldirmoqda.

“Karantinning 9-kuni. Uyda qoling. Shu qo‘shiqni yaxshi ko‘raman. O‘zingizni asrang”, — deb yozdi aktrisa.